Chet elda o‘qish — ko‘pchilik uchun orzu. Ammo bu orzu bilan birga kutilmagan sinovlar ham keladi. Ayniqsa, o‘zbek mentaliteti bilan boshqa madaniyatlar o‘rtasidagi keskin farqlar ilk bor chet elga chiqqan talabani hayratga, hatto tushkunlikka solishi mumkin. Bu holat "madaniy shok" deb ataladi.
Ingliz tilida so‘zlashuv: “Iltimos” o‘rniga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqlar”
O‘zbekistonda “iltimos”, “marhamat”, “kechirasiz” kabi iboralar juda ko‘p ishlatiladi. Ammo G‘arbda, ayniqsa Buyuk Britaniya va Germaniyada odamlar keskin va lo‘nda gapiradi. Masalan:
– “Please, could you...?” o‘rniga: “Send it by 5 PM.”
Talabalar bu tarzdagi gaplarni birinchi marta eshitganda o‘zini hurmatsiz qilingan kabi his qiladi. Aslida esa bu — oddiy ish uslubi.
Ovqatlanish odatlari
Yevropada yoki Kanadada nonushta — faqat kofe va tost. Ovqatlar kam tuzli, nordon yoki shunchaki “bezavq”. O‘zbekning ko‘ngli esa issiq sho‘rva, palov yoki somsa istaydi. Bu ovqatlar yetishmasa, talabaning ruhiy holatiga ham ta’sir qiladi.
Vaqtga munosabat
Janubiy Koreya, Germaniya kabi davlatlarda aniqlik va tartib birinchi o‘rinda. 09:00 – bu aniq 09:00. O‘zbekistondagi "hozir chiqaman" yoki "yo‘lda ketyapman"lar u yerda ishlamaydi.
Yolg‘izlik va mustaqillik
Chet elda hech kim sizdan: "Nega yig‘lading?", "Nima bo‘ldi?" deb so‘ramaydi. Har kim o‘z dunyosida. Bu esa o‘zbek talabalarini ba'zida o‘zini yolg‘iz his qilishga olib keladi. Biroq bu mustaqillikka, o‘z hayotingizni o‘zingiz boshqarishga undaydi.
Xulosa
Madaniy shok — bu muammo emas. Bu sizning o‘sayotganingiz, kengayayotganingiz va yangi dunyo bilan yuzlashayotganingiz belgisi. Agar siz chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu farqlarni oldindan bilishingiz, moslashishga yordam beradi. World.uz jamoasi sizga bu yo‘lda to'g'ri yo'nalish ko‘rsatadi.