Talabalar eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan 7 xato: Siz ham shular qatoridamisiz?

Ko'rilgan: 3603

     1. "Vaqt hali ko‘p" degan o‘y
Ko‘pchilik so‘nggi daqiqagacha kutadi: arzon joylar qolmaydi, kvotalar tugaydi, vizaga ham kechikiladi.
Tavsiya: Rejalashtirishni kamida 6 oy oldin boshlang!
     2. Faqat mashhur mamlakatlarni tanlash
Amerika, Angliya – yaxshi, ammo boshqa davlatlarda sifatli va arzon ta’lim mavjud (Chexiya, Vengriya, Avstriya, Malayziya va h.k.).
Tavsiya: Ommabop emas, maqsadga mos tanlov qiling.
     3. "Grantsiz borib bo‘lmaydi" degan qarash
Dastlabki semestrni o‘z hisobingizdan o‘qib, keyinchalik grant olish mumkin.
Tavsiya: O‘zingizga investitsiya qiling – u o‘zini oqlaydi.
     4. Soxta agentlarga aldanish
"10 kunda viza" degan reklamalarga ishonib, ko‘p pul va orzular yo‘qolmoqda.
Tavsiya: Faqat litsenziyali, ishonchli kompaniya bilan ishlang.
     5. Tayyor rejasiz ariza topshirish
"Ko‘rib chiqaman" degan yondashuv eng yaxshi imkoniyatlardan mosuvo qiladi.
Tavsiya: Rejalashtirish = muvaffaqiyatning yarmi.
    6. Bitta variantga bog‘lanish
"Agar shu universitet bo‘lmasa – hammasi tugadi" deb o‘ylamang.
Tavsiya: A, B, C rejalaringiz bo‘lsin. Har doim zaxira eshik ochiq tursin.
    7. O‘zi izlanmaslik
Faqat boshqalarga tayanish eng katta xato.
Tavsiya: Savol bering, taqqoslang, o‘qing. Bilimli talaba aldanmaydi.

     Xulosa
Har bir xatoni oldindan bilish – bir qadam oldinga yurish demak. Vaqtni boy bermang, o‘zingizga eng to‘g‘ri yo‘lni tanlang.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!