Agar siz ekologik toza, xavfsiz va innovatsion mamlakatda o‘qishni xohlasangiz, Norvegiya aynan siz izlayotgan joy bo‘lishi mumkin. Skandinaviya mintaqasidagi bu davlat nafaqat yuqori darajadagi ta’lim tizimi, balki barqaror jamiyati, bepul ta’lim siyosati va talabalarga ochiq muhit bilan ham ajralib turadi.
Ta’lim sifati va universitetlar
Norvegiyada oliy ta’lim kuchli nazorat ostida. Universitetlar asosan davlatga tegishli bo‘lib, University of Oslo, Norwegian University of Science and Technology (NTNU), University of Bergen kabi oliygohlar xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turadi. Ko‘plab bakalavr va magistratura dasturlari ingliz tilida olib boriladi, ayniqsa texnologiya, muhandislik, ekologiya va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida.
Ta’lim narxi va yashash xarajatlari
Ajoyib jihati shundaki, Norvegiyada o‘qish ko‘pchilik davlat universitetlarida xorijiy talabalar uchun ham bepul. Siz faqat yillik to‘lov (student union fee) va yashash xarajatlarini qoplaysiz. Norvegiya biroz qimmat mamlakat bo‘lsa-da, talabalar uchun turli chegirmalar, grantlar va yarim stavkali ishlar mavjud.
Ishlash imkoniyati
Norvegiyada talabalar haftasiga 20 soatgacha ishlash huquqiga ega. Ish haqi esa juda yaxshi — o‘rtacha soatiga 15–20 yevro. Bu esa yashash xarajatlarini yopish uchun yetarli.
World.uz siz uchun mos universitet tanlash, hujjatlarni tayyorlash, ingliz tilidagi dasturlarga hujjat topshirish va viza olishda to‘liq yordam beradi. Norvegiya — bu orzular mamlakati, va sizning orzuyingizga yetish yo‘li bugun boshlanishi mumkin.