“Kelajak uchun poydevor: volontyorlik va xalqaro tadbirlar”

Ko'rilgan: 1216

Chet elda o‘qiyotgan yoki o‘qishga tayyorlanayotgan talaba uchun muhim maslahat: faqat dars bilan cheklanib qolmang. Chunki zamonaviy dunyoda nafaqat bilim, balki tajriba va aloqa tarmog‘i ham karyera uchun asosiy rol o‘ynaydi. Buni eng yaxshi yo‘li — volontyorlik va xalqaro seminar/ko‘rgazmalarda ishtirok etishdir.

Volontyorlik nima beradi?

Do‘stlar va aloqalar: turli mamlakatlardan yoshlar bilan tanishasiz.

Ko‘nikmalar: liderlik, jamoada ishlash, muammolarni tez hal qilish.

Rezyume: BMT, UNESCO yoki AIESEC kabi tashkilotlarda volontyorlik qilgan talaba har doim ajralib turadi.

Seminar va ko‘rgazmalar nega muhim?

Ilmiy seminarlar: yangi g‘oyalar va tajriba almashish imkoniyati.

Ko‘rgazmalar: grant, stipendiya va yangi dasturlar haqida bevosita ma’lumot.

Karyera forumlari: global kompaniyalar bilan tanishish va internship topish imkoniyati.

Haqiqiy natija

Ko‘plab talabalar xalqaro tadbirlarda qatnashib, keyinchalik grantli o‘qish yoki stajirovkaga ega bo‘lishmoqda. Universitetlar talabaning tashabbuskorligi va faolligini yuqori baholaydi.

Shu sababli siz ham faqat kitob bilan cheklanib qolmang. Volontyorlik va seminarlar orqali dunyoqarashingiz kengayadi, kelajagingizga mustahkam poydevor qo‘yasiz



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!